LITSENZIYA

Buxoro innovatsiyalar universiteti 2022-yil Buxoro shahrida tashkil etilgan bo`lib, universitetga O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan 2022-yil 15-noyabrda №048351 raqam bilan qayd etilgan nodavlat ta'lim xizmatlarini ko'rsatish faoliyati uchun litsenziya berilgan. Universitetda yuqori malakali professor-o'qituvchilar tomonidan sifatli ta'lim beriladi. Barcha auditoriyalar zamonaviy jihozlar bilan to'liq ta'minlangan. Hozirgi kunda universitetda 3600 dan ziyod talaba ta’lim olmoqda.

XALQARO DASTURLAR

AQSH, Germaniya, Janubiy Koreya, Turkiya, Hindiston va Rossiya Federatsiyasidagi nufuzli turdosh universitetlar bilan mustahkam hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilmoqda. Bunda bakalavriat bosqichidagi talabalar hamkor xorijiy universitetlar bilan talaba almashinuvi dasturlarida ishtirok etishi, 3 va 4-kursda o’qishni xorijda davom ettirishi va dual ta’lim dasturi bo’yicha 2 ta diplom olish imkoniyatiga ega bo`lishi mumkin. Kelajakda Buxoro innovatsiyalar universiteti dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o`rnatib, xalqaro almashinuv dasturlari, shuningdek xalqaro ta’lim standartlari asosida o`zga tilli ta’lim shakllarini tashkil qilishni rejalashtirmoqda.

GRANT VA STIPENDIYA

Universitet iqtidorli va bilimli abituriyentlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida grant va stipendiyalarni joriy qilgan. Buning uchun abituriyent universitet ichki imtihonlarini a’lo darajada topshirishi lozim. Qiziq tomoni shundaki, grant va stipendiyaning amal qilish muddati: 1 o’quv yili. Keyingi yil uchun yana ichki imtihondan o’tish lozim bo’ladi. Bu esa 1-kursda kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarga 2-kursda grant asosida o’qish va stipendiya olish imkoniyatini yaratadi.

XORIJIY TIL VA IT KURSLARI


Buxoro innovatsiyalar universiteti talabalari o’qish mobaynida bepul tashkil qilingan ingliz tili, rus tili, turk tili va IT kurslarida ishtirok etib, IELTS/CEFR va IT sertifikatlarini qo’lga kiritishi mumkin. Bu esa o’z navbatida bitiruvchilarimizga yuqori maosh oladigan lavozimlarda ishlash imkoniyatini beradi.

CAREER CENTRE

Buxoro innovatsiyalar universiteti bitiruvchilari Karyera markazi tomonidan ishga joylashtirilib, professional faoliyatda qo‘llab-quvvatlanadi.